Fevral oyida qanday konsertlar bo’ladi?

- in Yangiliklar
302
0

Konsert 2017 fevralMana bugun qishning so’nggi oyi, ya’ni fevral oyi ham kirib keldi. Ko’pchilik fevral oyini orziqib kutadi. Bunga sabab esa ushbu oyda bir qator konsert dasturlari bo’lib o’tadi. Xo’sh, 2017-yil fevral oyida qanday konsert dasturlari bo’lib o’tadi? Siz qaysi konsert dasturini ko’proq kutmoqdasiz?

Fevral oyining 11-12-13 kunlarida Shohruhxon o’zining «Shaydo» nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. Undan so’ng esa ko’pchilikning e’tiborini qozona olgan «E’tirof» taqdirlash marosimi 14-fevral kuni bo’lib o’tadi. So’ngra, Sarvar va Komil 15-16 fevral sanalarida ilk yakkaxon konsert dasturlari bilan «imtixon»dan o’tadilar. Fevral oyining eng kutilgan konsert dasturi menimcha Rayhonning konserti bo’lsa ajab emas. 20-21-22-23-24 fevral kunlari Rayhonning ashaddiy muxlislari «Istiqlol» san’at saroyini «zabt» etadilar. Xo’sh azizlar, siz qaysi konsertga borasiz? Fikrlaringizni izoh tarzida yozib qoldirishingiz mumkin.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may also like

Кумирлар шарти!

  Озодбек, Райхон, Ботир, Алишер ва Самандар  Мухлис-шоу-2