«Bebahoginam» filmining yopiq prem’erasidan foto va video reportaj!

- in Yangiliklar
181
0

Bebahoginam yopiq prem'eraKuni kecha, ya’ni 1-fevral kuni «Next Cinema» kinozalida rejissor Ozod Shams tomonidan suratga olingan «Bebahoginam» dramasining OAV hodimlari va yulduzlar uchun maxsus yopiq prem’erasi bo’lib o’tdi. Filmning katta prem’erasi esa 13-fevral kuni Alisher Navoiy kinosaroyida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.

«Bebahoginam» filmi bir qizning hayoti haqida hikoya qiladi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Qiziqarli syujetga qurilgan mazkur kinoasar shodlik ortidan, nogahon dard kelishini namoyish etadi. Hayotingiz juda ham quvonchli kechayotgan bir vaqtda kutilmaganda katta o’zgarish yuz bersa qanday ahvolga tushasiz? Mana shu holatni film qahramonlari obrazida ko’rishingiz mumkin. Filmdagi bosh rollarni Muqaddas Sa’dullaeva, Shavkat Komilov, Saida Rametova, Lutfulla Sa’dullaev hamda Gulchehra Sa’dullaeva maromiga yetkazib ijro etishgan. «Dilshoh Media» studiyasi rahbarlari, film prodyuserlari Mahmud Erkaboev hamda Davlat-Bek Yo’ldoshevlar ham filmni yaxshi chiqishiga katta hissa qo’shishgan. Marhamat, «Bebahoginam» filmi yopiq prem’erasidan maxsus videoreportajni tomosha qiling!!!

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar hamda videolar jamlanmasi taqdim etilmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may also like

Кумирлар шарти!

  Озодбек, Райхон, Ботир, Алишер ва Самандар  Мухлис-шоу-2