«Gazini bos Jamshid» filmining prem’erasidan foto va video reportaj!

- in Yangiliklar
213
0

Gazini bos Jamshid prem'eraKecha, 5-fevral kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida rejissor Sur’at Islomov tomonidan suratga olingan «Gazini bos Jamshid» nomli yangi kinokartinaning prem’erasi bo’lib o’tdi. Mazkur film haqida tayyorlangan foto va video reportajimizni qarshi oling.

«Gazini bos Jamshid» filmi komediya janrida suratga olingan bo’lib, filmda bir talaba yigitning Samarqandga, homilador ayolining oldiga shoshilinch ketayotgan holatida yuz beradigan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi. Filmda bosh rollarda Sur’at Islomov hamda Bahtiyor Turg’unovlarni ko’rishingiz mumkin. Har ikki aktyor ham o’zlarining bor mahoratlarini ishga solib, filmni yumorga boy bo’lishida katta xizmat ko’rsatganlar. Film prem’erasini MC Shod hamda Mr Jocker olib bordi. Prem’era boshlanishidan avval iste’dodli xonanda Shuhrat Umar ham o’z kuy-qo’shig’i bilan muxlislar kayfiyatini ko’tardi. Prem’eradan tayyorlangan maxsus videoreportajni tomosha qiling va prem’era qanday o’tganligi haqida tasavvurga ega bo’ling!!!

 

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may also like

Кумирлар шарти!

  Озодбек, Райхон, Ботир, Алишер ва Самандар  Мухлис-шоу-2