«Bebahoginam» filmi katta ekranlarda!!!

- in Yangiliklar
347
0

Bebahoginam prem'eraBugun 13-fevral kuni Alisher Navoiy kinosaroyi kinotomoshabinlar bilan har doimgidanda to’lib-toshdi! So’nggi paytda sermahsul ijod qilib kelayotgan, har bir filmi tobora yuqorilab borayotgan Ozod Shams o’zining «Bebahoginam» kinokartinasi prem’erasini taqdim etdi.

«Dilshoh Media» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan «Bebahoginam» filmining yopiq prem’erasi 1-fevralda bo’lib o’tganidan xabardorsiz. Biz ushbu yopiq prem’eradan ham siz azizlarga maxsus reportaj tayyorlab taqdim etgan edik. Mana bugun esa filmning ochiq prem’erasi bo’lib o’tdi. Nazarimda, kinotomoshabin filmni hattoki kipriklarini qimirlatmay tomosha qildi. Drama janrida tasvirga olingan mazkur filmda so’nggi paytlardagi ko’plab filmlarda yetishmayotgan dinamika bor. Tomoshabin diqqatini o’zida ushlab tura olishi bilan boshqa filmlardan farq qiladi. Filmning rejisurasi ham, dramaturgiyasi ham, operatorlik ishi ham yuqori notada, deb bemalol aytishimiz mumkin. Muqaddas Sa’dullaeva ushbu filmda bor mahoratini ishga solgan. Uning ijrosiga faqatgina tasannolar aytish mumkin. Qolgan aktyorlarning ijrosi ham maromida! Agarda siz haqiqiy filmni tomosha qilishni istasangiz, u holda «Bebahoginam» kartinasi ayni muddao!!!

Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may also like

Кумирлар шарти!

  Озодбек, Райхон, Ботир, Алишер ва Самандар  Мухлис-шоу-2