«E’tirof»ga Shahzoda va Shohruhxon sazovor bo’ldi!

- in Yangiliklar
471
0

E'tirof taqdimot marosimiKecha, 14-fevral kuni «Istiqlol» san’at saroyida bir qator ijodkorlar «E’tirof» taqdimot marosimida mukofotlarga sazovor bo’lishdi. SB.uz portali ijodiy jamoasi ham «E’tirof» taqdimot marosimini yoritish maqsadida tashrif buyurdi va bugun sizlarga mazkur tadbirdan tayyorlangan fotoreportajni taqdim etamiz.

2013-yildan buyon an’anaviy tarzda o’tkazib kelayotgan «E’tirof» taqdirlash marosimida bu yil qaysi yo’nalishlarda kimlar taqdirlandi, degan savolga quyidagi maqolamiz orqali javob olishingiz mumkin. O’zbek kinosi, estradasi, sporti olamining eng nomdor vakillari 14-fevral oqshomida «Istiqlol» san’at saroyida jamuljam bo’ldilar. Yurtimizning eng ko’zga ko’ringan yulduzli shaxslarini bir joyga jamlagan «E’tirof» taqdimot marosimi haqiqiy bayramga aylanib ketdi, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Keling yaxshisi maqsadga ko’chgan holda, sizlarni ko’p kuttirmasdan qaysi yo’nalishda, kimlar taqdirlanganligi haqida ma’lumotni berib o’tsak.

Yilning eng yaxshi rassomi — Hakim Mirzaahmedov
Yilning mohir hunarmandi — Rahmatilla Zokirov
Yilning haykaltaroshi — Qurbon Norxo’rozov
Yilning eng yaxshi san’atshunosi — Kamola Akilova
Yil teleloyihasi — «Mening ovozim»
Yil radioloyihasi — «Asl san’at o’ylari»
Yil telejurnalisti — Ma’rufjon Xo’jaqulov
Yil radiojurnalisti — Aziza Qurbonova
Yil shoiri — Zebo Mirzaeva
Yil yozuvchisi — Xurshid Do’stmuhammad
Yil publisisti — Bekzod Shukurov
Yil munaqqidi (tanqidchisi) — Naim Karimov
Yil spektakli — «Mirzo Ulug’bek»
Yilning eng yaxshi teatr aktyori — Tohir Saidov
Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi — Dilorom Abduvalieva
Yilning eng yaxshi teatr rejissori — Olimjon Salimov
Yil dramaturgi — Erkin A’zam
Yilning eng yaxshi sahna rassomi — Sergey Chernov
Yil kinofilmi — «Baron»
Yil kinoaktyori — Farhod Abdullaev
Yil kinoaktrisasi — Elmira Rahimjonova
Yil kinorejissori — Rustam Sa’diev
Yil kinosseneristi — Zulfiqor Musoqov
Yil kinooperatori — Rustam Murodov
Chet mamlakatlardagi eng yaxshi filmlar aktyori — Farhod Mahmudov
Yilning eng yaxshi sirk artisti — Anjelika Yunusova
Yil sportchisi — Xasanboy Do’stmatov
Yilning eng yaxshi murabbiyi — Bahrom Abdumalikov
Yil paralimpidachisi — Husniddin Norbekov
Yilning eng yaxshi ayol sportchisi — Fotima Alimova
Yilning eng yaxshi erkak xonandadasi  – Shohruhxon
Yilning eng yaxshi ayol xonandasi — Shahzoda
Yilning eng faol guruhi — «Surhon» guruhi
Yilning eng yaxshi an’anaviy qo’shiqlar erkak xonandasi — Yahyobek va Muhsinbek Mo’minov
Yilning eng yaxshi an’anaviy qo’shiqlar ayol xonandasi — Rohila Ro’zieva
Yilning opera xonandasi — Rahimjon Mirzakamolov
Yilning musiqa ijrochisi — Farhod Abdullaev
Yilning eng yaxshi baletmeysteri — Qodirjon Mo’minov
Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi — Sherzod Kenjaboev
Yil bastakori — Shuhrat Zokirov
Yilning eng yaxshi raqs ijrochisi — Dilnoza Ortiqova
Yil e’tirofi — Qunduz Mirkarimova, Galina Melnikova, Po’lat Saidqosimov, O’lmas Saidjonov, Nasiba Maqsudova, Ravshan Mirtojiev.

Biz o’z o’rnida barcha sovrindorlarni chin dildan muborakbod etib qolamiz!!!

Yaqin orada bizning YouTube telekanalimizda maxsus videoreportajni ham tomosha qilishingiz mumkin. Kanalimizga siz ham qo’shiling: http://youtube.com/SBuzOfficial

Quyida siz azizlar uchun taqdimot marosimi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may also like

Кумирлар шарти!

  Озодбек, Райхон, Ботир, Алишер ва Самандар  Мухлис-шоу-2