Ravshan Sobirov Rossiya konsertAfsonaviy qo’shiqlar ijrochisi, sevimli estrada yulduzi Ravshan Sobirov Rossiyada o’zining bahoriy ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi. 12-mart kuni Moskva shahridagi «Izmaylovo» konsert zalida, 15-mart kuni esa Sankt Peterburg shahridagi «Kolizey Arena» konsert zalida Ravshan Sobirovning konserti bo’lib o’tadi.

Ravshan Sobirovning Rossiyadagi ilk konsert dasturi «Navro’z» bayrami arafasida taqdim etiladi. Ushbu konsert dasturida siz azizlar Ravshan Sobirov ijrosidagi eng hit, afsonaviy qo’shiqlar bilan bir qatorda, yangi taronalarni ham tinglab, bahramand bo’lishingiz mumkin. Rossiyada istiqomat qilayotgan va ish safari bilan yurgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu konsert dasturlariga taklif etamiz. Marhamat, konsertga tashrif buyuring!!! Biz sizlarni kutamiz!!!

LEAVE A REPLY

Please enter your comment!
Please enter your name here