«Sevgi sotilmas» filmining prem’erasi bo’lib o’tdi!

- in Yangiliklar
427
0

Sevgi sotilmas prem'eraKuni kecha, 20-fevral sanasida Alisher Navoiy kinosaroyida rejissor Shuhrat Mavlonov tomonidan bundan bir necha yil ilgari suratga olingan filmning prem’erasi bo’lib o’tdi. «Sevgi sotilmas» deb nomlangan mazkur kinokartina prem’erasiga kun sovuq bo’lishiga qaramasdan ko’plab tomoshabinlar tashrif buyurishdi.

«Sevgi sotilmas» filmida siz bosh rollarda Ubaydulla Omon, Nargiza Salmonova, Dilbar Ikromova, Said Muhtorov, Sanjar Shodiev va Ilhom Ibrohimov kabi bir qator aktyor va aktrisalarni ko’rishingiz mumkin. Film prem’erasida boshlovchilik vazifasini Aziz Rametov hamda Zara Shirinovalar bajarishdi. «Sevgi sotilmas» filmi o’z nomi bilan aytib turganidek, haqiqiy muhabbat haqida hikoya qiladi. Quyida siz azizlar uchun film prem’erasi davomida tushirilgan bir qator fotosuratlar taqdim etilmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may also like

Кумирлар шарти!

  Озодбек, Райхон, Ботир, Алишер ва Самандар  Мухлис-шоу-2