DIQQAT: Ozod Shamsdan ssenariylar tanlovi!!!

- in Yangiliklar
340
0

Ozod ShamsO’zbek kinosining bugungi kundagi eng yorqin rejissorlaridan biri hisoblangan Ozod Shams ayni damda navbatdagi kinoasarni suratga olish uchun ssenariylar ustida jiddiy tanlov olib bormoqda. Shu sababdan Ozod Shams yurtimizning eng yaxshi ssenaristlarini, dramaturglarini, qolaversa yosh bo’lsada o’z g’oyasi va qalamiga ega bo’lgan ijodkor ssenaristlarni tanlovga chorlaydi.

Qiziqarli, ma’noli, o’z o’rnida tarbiyaviy ahamiyatga ega, qolaversa hayotiy voqealar asosida yozilgan ssenariylar bo’lsa, ularni qisqa sinopsis tarzida, ya’ni 2 varroqdan iborat bo’lgan mazmunini info@sb.uz manziliga yo’llashingizni so’rab qolamiz. Ular ichidan eng yaxshilari saralab olinib, ulardan biri, balki bir nechtasi asosida film suratga olinadi. Albatta eng yaxshi ssenariy mualliflari ham rag’batlantiriladi. Shunday ekan, imkoniyatni qo’ldan boy bermang azizlar!!! Marhamat, tanlovda ishtirok eting va yurtimizning eng nomdor rejissorlaridan biri bo’lmish Ozod Shams hamda prodyuser Asqar Rustamov bilan hamkorlikda o’zbek kinosi tarixida qoling!!!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may also like

Кумирлар шарти!

  Озодбек, Райхон, Ботир, Алишер ва Самандар  Мухлис-шоу-2