«Mavsum hitlari» taqdimot marosimidan foto va videoreportaj!

- in Yangiliklar
224
0

Mavsum hitlari 2017 martKuni kecha, 23-mart sanasida «Istiqlol» san’at saroyida navbatdagi mavsumning «Mavsum hitlari» taqdimot marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu taqdimot marosimi har safar avvalgisidanda yaxshiroq tashkillashtirilmoqda va qiziqarliroq kechmoqda, desak mubolag’a bo’lmasa kerak. Mana «Mavsum hitlari»ning navbatdagi 2017-yilning bahor faslidagi taqdirlash marosimi ham juda chiroyli o’tdi. Har safar yurtimizning eng nomdor va mashhur yulduzlari ishtirok etib, o’zlari tomonidan ijro etilgan eng sara hit taronalari uchun «Mavsum hitlari» maxsus mukofoti va diplomi bilan taqdirlanishadi. Bu safar ham shu an’ana davom etdi. Avvalgilaridan farqli ravishda bu safar taqdirlash marosimida «O’zbek san’atiga qo’shgan hissasi uchun» bir qator elimiz suygan ustoz san’atkorlar ham taqdirlanishdi. Konsertda Tohir Sodiqov hamda Shohruhning ishtiroki muxlislar tomonidan juda ham yuksak darajada qarshi olindi. Zero, bu ijodkorlarni xalqimiz anchagina sog’inishganligi aniq. Biz sizlarga taqdimot marosimi haqida ko’p ma’lumotlar berib o’tirmaymiz, yaxshisi uni quyida taqdim etilayotgan fotosuratlar va albatta videoreportaj orqali ko’rib, bilib olishingiz mumkin.

Quyida siz azizlar uchun konsert dasturi davomida hamkorimiz «Real Time» foto va video studiyasi fotosuratchisi G’ayrat Ubaydullaev tomonidan tushirilgan eksklyuziv fotosuratlar va videoreportaj taqdim etilmoqda.

 

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

You may also like

Кумирлар шарти!

  Озодбек, Райхон, Ботир, Алишер ва Самандар  Мухлис-шоу-2